K I R I S H
             Qadrli o‘quvchilar, aziz yoshlar, qo‘lingizdagi «Oila psixologiyasi» darsligi oila munosabatlari va masalalariga bag‘ishlanadi.
               Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. Ma’lumki, hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning bax- timizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham mu- vaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga ilmiy yon- dashilmagan, jumladan, har bir xalqning o‘ziga xos etno- psixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, nomi psixologiya bo‘lsa»da, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qo‘llanmalar bilan o‘qitilgan edi.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muam- molari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi.
             1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiy- amaliy Markazining tashkil etilishi, Respublikada oila man- faatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli masla- hatxonalarning tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida O‘zbekiston tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil eti­lishi, ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi fikri- mizning dalilidir.
                  Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari- ning o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bor yaratilgan sinov darsligi sifatida shu mavzudagi boshqa an’anaviy darslik- lardan birmuncha farq qiladi.
                Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq ifodalashga harakat qilindi.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy tafakkurini o‘stiruvchi turli hikmatlardan, xajviy aforizmlardan keng foydalanildi. Chunki hikmat — hayotiy saboq bo‘lsa, hajv — hayot to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir.
           Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, u respublikamizning yetakchi psixolog, oilashunos olimlari tomonidan yaratildi.