K I R I S H
Qadrli
o‘quvchilar, aziz yoshlar, qo‘lingizdagi «Oila psixologiyasi» darsligi oila
munosabatlari va masalalariga bag‘ishlanadi.
Inson bolasi
dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab
tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda
nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. Ma’lumki,
hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam, to‘laqonli insoniy
baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga
qaramasdan, bizning bax- timizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir.
Sobiq Ittifoq
davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga
dastlabki urinish ham mu- vaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga
ilmiy yon- dashilmagan, jumladan, har bir xalqning o‘ziga xos etno- psixologik
xususiyatlari hisobga olinmagan, nomi psixologiya bo‘lsa»da, mazmunan
pedagogikaga yaqin turgan qo‘llanmalar bilan o‘qitilgan edi.
O‘zbekiston
mustaqilligi tufayli Respublikada oila muam- molari davlat ahamiyatiga molik
bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi.
1998-yilni «Oila»
yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiy- amaliy Markazining tashkil etilishi,
Respublikada oila man- faatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul
qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb e’lon
qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli masla- hatxonalarning
tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida O‘zbekiston
tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib
boradigan ilmiy kadrlarni
tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi, ularga aspirantlarning
qabul qilinishi yuqoridagi fikri- mizning dalilidir.
Mazkur darslik
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari- ning o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib,
ilk bor yaratilgan sinov darsligi sifatida shu mavzudagi boshqa an’anaviy
darslik- lardan birmuncha farq qiladi.
Oila
psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq ifodalashga harakat qilindi.
O‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy tafakkurini o‘stiruvchi turli
hikmatlardan, xajviy aforizmlardan keng foydalanildi. Chunki hikmat — hayotiy
saboq bo‘lsa, hajv — hayot to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir.
Mazkur darslik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, u
respublikamizning yetakchi psixolog, oilashunos olimlari tomonidan yaratildi.